Mashhur ispaniyalik murabbiy Kike Setyen ba'zi qimmatbaho futbolchilar uning g'oyalarini tushunishda qiyinchiliklarga duch kelganini tan oldi.

2020 yil yanvarida ispaniyalik Barselonani boshqargan, ammo shu yil avgustida ishdan bo'shatilgan. Shundan so'ng, u «Vilyarreal» va Xitoyning «Beytszin Goan» klubida ishlashga muvaffaq bo'ldi.

«Men 80 million evroga baholangan futbolchilarni tayyorladim, ular futbolni tushunmaydi. Ular o'yinni tushunishmadi.

«Barselona»da men bir futbolchi bilan o'yinlarni individual ravishda muhokama qildim, unga videolarni ko'rsatdim. Men undan nima ko'rganini, nega bunday qaror qabul qilganini, yana nima qilish mumkinligini so'radim. Ba'zida bitta muvaffaqiyatsiz harakat natijasida uchga ikki hujum raqibga ustunlikka aylanadi», – deydi 68 yoshli mutaxassis Barca Universal'ga bergan intervyusida.

Kike Setyen shuningdek, «Betis», «Las-Palmas» va boshqa ispaniyalik klublardagi faoliyati bilan tanilgan.