«Atletiko»ning bosh murabbiyi Diego Simeone Lionel Messiga Arjantina terma jamoasining muvaffaqiyatlaridagi hissasi uchun minnatdorligini bildirdi.

- Arjantinlik sifatida, men unga bizga bergan hamma narsasi, ko'plab quvonchli lahzalar va o'rgatgan saboqlari uchun rahmat aytishim kerak. U bizga qanday kurashish va qiyinchiliklar bo'lganida ham davom etishni ko'rsatdi. Mening uchun bu Messining eng qimmatli sifati, - deydi Simeone ASga.

Messi Arjantina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi. U milliy jamoa safida 208 o'yin o'tkazib, raqiblar darvozasiga 126 marta to'p kiritgan. Uning hisobida Qatar'dagi jahon chempionatida g'alaba va ikki marta Amerika Kubogida g'alaba bor.