«Real» bosh murabbiyi Jozef Mourinyo xalqaro tanaffusni qanday o‘tkazgani haqida ma'lumot berdi.

- Men uch kun oilam bilan uchrashish uchun ketdim, so‘ngra ishga qaytdim. Biz juda ko‘p ishladik, garchi maydonda kam vaqt o‘tkazgan bo‘lsak ham. O‘yinchilar milliy jamoalardan har xil kunlarda qaytishadi, ba'zilari uzoq parvozlardan so‘ng, ba'zilari esa deyarli uxlamay qaytishdi. Bu qiyin, lekin biz ishni yaxshi tashkil qildik. Jarohatlanganlar yo‘qligi ko‘p narsalarning o‘zgarayotganini va biz ko‘p narsalarni to‘g‘ri qilayotganimizni ko‘rsatadi, - deydi Mourinyo AS nashriga.

«Real»ning keyingi o‘yini 10-oktabrda «Vilyarreal»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Moskva vaqti bilan 22:00da boshlanadi.