«Atletiko» murabbiyi Diego Simeone ikki argentinalik futbolchidan - Lionel Messi yoki Diego Maradona - qaysisini o'z jamoasida ko'rishni afzal ko'rishi haqida savolga javob bermadi.
- Men ularning birini tanlash orqali bu oddiy va demagogik o'yinda ishtirok etmoqchi emasman. Men Maradonaga qarshi o'ynash baxtiga muyassar bo'ldim, lekin Messi bilan birga o'ynashni nasib etmadi. Biz, argentinaliklar, tarixdagi eng buyuk ikki futbolchiga ega bo'lish baxtiga egamiz. Statistikaga ko'ra, Messiga teng keladigan hech kim yo'q. Uning inson va sportchi sifatida rivojlanishi barcha kutganimizdan oshib ketdi. U har doim atrofidagilarga hurmat bilan qaradi va o'zini munosib tutdi, buni 20-25 yil davomida qilish juda qiyin, - deydi Simeone AS nashriga bergan intervyusida.
Simeone Maradona bilan birga Argentina terma jamoasida o'ynagan, jumladan 1994 yilgi jahon chempionatida. Messi esa, o'z navbatida, milliy jamoani 2022 yilgi jahon chempionatida g'alabaga olib bordi. Bir necha kun oldin Lionel xalqaro faoliyatini yakunladi.
