Madriddagi Realda o‘tgan sentyabr oyining eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi. Bu unvonga turk yarim himoyachisi Arda G'yuler sazovor bo'ldi.
O'tgan oy G'yuler «Real»ning La Ligada o'tkazgan to'rtta o'yinida qatnashdi va ularda bitta gol uzatmasini amalga oshirdi.
«Men jamoaning juda muhim o'yinchisi sifatida o'zimni his qilaman, va bu mukofotdan juda mamnunman va g'ururlanaman. Barchaga rahmat aytmoqchiman. Umid qilamanki, biz bu yilda chempionlikni qo'lga kiritamiz va men ham o'z hissamni qo'shishim mumkin. Biz kelgusi o'yinlarni yutish ustida ishlayapmiz», - deb izoh berdi G'yuler.
Yetti turdan so'ng La Ligada «Real» 15 ochko bilan faqat to'rtinchi o'rinda joylashgan bo'lib, birinchi o'rindan olti ochko ortda qolmoqda.
