Avvalgi «Real» va Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Toni Kroos murabbiylik kurslarini o'tashni istamoqda. Bu haqda AS xabar bermoqda.

Kroos allaqachon uchinchi darajali ispaniya ligasidagi klublar bilan ishlashga imkon beruvchi murabbiylik malakasiga ega. Hozirgi malakasi unga yuqori ligalarda asosiy murabbiy yordamchisi sifatida ishlash imkonini beradi.

Endi nemis mutaxassisi A litsenziyasini olishni rejalashtirmoqda, bu esa unga har qanday divizionda jamoalarni boshqarish imkonini beradi. Hozirda Kroos Boadiladagi o'ziga tegishli akademiyada yosh futbolchilarni rivojlantirishda yordam bermoqda.