Avvalgi «Barselona» futbolchisi Pedro Rodriguez o'zining sport karerasini yakunlaganini e'lon qildi. 39 yoshli ispaniyalik bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.

«Men bu to'g'ri vaqt ekanligini his qilyapman. Oldinga qadam qo'yish va hayotimda yangi bosqichni boshlash vaqti keldi. Meni shunchalik baxtli qilgan futbolga rahmat», - deb yozdi Pedro.

O'zining sport faoliyati davomida Pedro «Barselona», «Chelsi», «Roma» va «Latsio» jamoalarida o'ynagan. «Barselona» safida Pedro 20 ta unvon yutgan, jumladan, uch marta Chempionlar ligasi kubogini qo'lga kiritgan.

Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi bilan Pedro 2010 yilda jahon chempionatini, 2012 yilda esa Yevropa chempionatini yutgan.