19 yoshli «Barselona» hujumchisi Lamin Yamal onasi uni ko'p o'qishga undaganini tan oldi.

«Onam doimo o'qishimni xohlardi. U meni qo'shimcha mashg'ulotlarga majburlardi va ba'zan shunday derdi: «Agar o'qimasang, o'ynamaysan». Lekin men har doim kelajagimni futbol bilan bog'lashni xohlardim», — deydi Yamal Barça Universal'ga bergan intervyusida.

Yamal «Barselona» tarbiyalanuvchisi. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda sakkizta uchrashuvda ishtirok etib, sakkiz marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va olti assist yozdirib qo'ydi.

Transfermarkt baholariga ko'ra, Yamal dunyodagi eng qimmat futbolchidir. Uning narxi 220 million evroga baholanmoqda.