«Barselona» hujumchisi Gabriel Jezus Xosep Gvardiola va Hans-Diter Flik o'rtasidagi taqqoslash haqida fikr bildirdi.

«Gvardiola taktika bilan ko'proq shug'ullanadi. Flik bilan o'zingiz bo'lishingiz kerak, zarur bo'lganda osonroq o'ynash, ko'proq yugurish, pressing qilish va jamoaga yordam berish kerak. Ikkala yondashuv ham ishlaydi va natija beradi», — dedi Jezus Barca Universal nashriga.

Jezus 2017 yildan 2022 yilgacha «Manchester Siti»da Gvardiola boshqaruvida o'ynadi. U to'rt mavsum «Arsenal»da o'tkazdi va o'tgan yozda Flik boshqaruvidagi «Barselona»ga o'tdi.

Hozirgi mavsumda hujumchi to'rt o'yinda qatnashdi va ikki gol urdi.