Madriddagi Real jamoasining yarimhimoyachisi Arda Guler sentyabr oyining eng yaxshi o'yinchisi unvonini olishiga izoh berdi.
«Madriddagi Real jamoasining eng yaxshi o'yinchisi bo'lish men uchun katta faxr», — deya Gulerning so'zlarini keltiradi Madrid Zone.
Sentyabr oyida turk futbolchisi Ispaniya chempionatida to'rt o'yinda ishtirok etdi va ikki golli uzatma berdi. Umuman olganda, uning La Ligadagi yetti uchrashuvda bitta goli va uch assisti bor.
Yetti turdan so'ng Real turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bo'lib, 15 ball to'plagan. Lider Barselonadan olti ochko ortda qolmoqda.
