Madriddagi Realning yarim himoyachisi Arda Guler o'z jamoadoshi Thibaut Kurtua haqida fikr bildirdi.
«Kurtua — barcha vaqtlarning eng buyuk darvozabonlaridan biri. Men unga katta hurmat bilan qarayman», — deydi Guler Madrid Xtra ma'lumotlariga ko'ra.
Hozirgi mavsumda belgiyalik darvozabon sakkizta o'yinda qatnashdi, to'qqizta gol o'tkazib yubordi va bir marta darvozasi daxlsiz qoldi.
Kurtua 2018 yildan beri Realda o'ynaydi va uning klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi.
Real joriy mavsumda yetti turdan so'ng La Ligada to'rtinchi o'rinda, 15 ochko to'plagan holda joylashgan.
