Kataloniyaning «Barselona» jamoasi yarim himoyachisi Fermin Lopez 2026 yilda «Oltin to'p»ni kim olishiga oid fikrini bildirgan. Ispan futbolchisi o'z jamoadoshlaridan birining ismini tilga oldi.

«Menimcha, «Oltin to'p»ni Lamin Yamal olish kerak», - deya Fermin so'zlarini ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabrizio Romano keltirmoqda.

Oltin to'pni topshirish marosimi 26 oktabrda Londonda (Angliya) bo'lib o'tadi.

2025/2026 yilgi mavsumda Yamal «sin-granatalar» bilan birga La Ligada chempion bo'ldi. 19 yoshli qanot o'yinchisi Ispaniya terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatida g'olib chiqdi. Finalda «qizil furiya» Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etdi.