«Barselona»ning qanot o'yinchisi Entoni Gordon o'zining Angliyadan ketganidan so'ng boshqacha qabul qilinayotganini ta'kidladi.
Kataloniyaning ulkan klubi 25 yoshli futbolchini Nyukasldan 80 million evro evaziga joriy mavsumning boshida sotib oldi.
«O'ylaymanki, ko'pchilikning ko'zida men boshqacha o'yinchi bo'lib qoldim: Angliyada men tezlik va pressingdagi o'yinim uchun qadrlanardim, ammo mening texnik va intellektual qobiliyatlarim e'tibordan chetda qolardi. Faqat jamoa do'stlarim men nimalarga qodir ekanimni baholay olishardi.
Angliyada odamlar meni faqat juda tez va agressiv o'yinchi sifatida ko'rishardi, o'z navbatida Ispaniyada mening o'yin intellektim va to'p bilan ishlashim haqiqatan ham qadrlanmoqda. «Barselona»da agar senga texnika yoki o'yin intellekti yetishmasa, seni darhol e'tibordan chetlatishadi. Men o'zimda ko'proq narsa taklif qila olishimni his qildim, shuning uchun chet elga ko'chish juda muhim edi», – deydi Gordon, bu so'zlarni Barca Universal keltirmoqda.
«Sine-granatovlar» safida yetti o'yinda angliyalik futbolchi beshta assistentlik qilgan, ammo hali gol urmagan.
