«Pari Sen-Jermen» chap himoyachi Alejandro Baldeni qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Parijliklarning 22 yoshli futbolchiga qiziqishi haqida avvalroq xabar berilgan. Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotlariga ko‘ra, «PSJ» ispaniyaga 40 million evro taklif qilishga tayyor. Shuningdek, bu vaziyatni «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Chelsi» va milanlik «Inter» ham kuzatmoqda.

«Ko‘k-qizil»larning bosh murabbiyi Hans-Diter Flick Baldeni o‘yinlarda ko‘rishni rejalashtirmayapti: joriy mavsumda futbolchi faqat bitta marta, «Rasing»ga qarshi La Liga o‘yining oxirida maydonga tushgan (7:2). Transfermarkt mutaxassislari uning narxini 50 million evro deb baholamoqda.