«Barselona» va Angliya terma jamoasining hujumchisi Entoni Gordon dunyodagi eng yaxshi futbolchi kimligi haqida o'z fikrini bildirdi. Gordon o'z jamoa do'stini ajratib ko'rsatdi.
«Lamin Yamal – dunyodagi eng yaxshi futbolchi», - deya ta'kidlagan Gordonning so'zlarini The Touchline keltirmoqda.
Ma'lumki, Lamin Yamal «Oltin to'p» uchun asosiy da'vogarlar qatorida. So'nggi paytlarda ispan futbolchisi bir qator intervyular berib, bu nufuzli mukofotni olishga loyiq ekanligini aytgan. O'tgan yili Yamal «Oltin to'p» ovoz berishida ikkinchi o'rinni egalladi, Usmon Dembeledan orqada qoldi.
«Oltin to'p» mukofoti Londonda taqdirlanadi, marosim 26-oktabrda bo'lib o'tadi.
