Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Jozef Mourinyo tarkibni kuchaytirishni maqsad qilmoqda.

The Touchline xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis rahbariyatdan yangi kreativ yarim himoyachi talab qilmoqda. Ma'lum bo'lishicha, «oq-qoralar» prezidenti Florentino Peres Mourinyo so'roviga binoan yarim himoyachini sotib olishga tayyor, lekin faqat o'zining shaxsan o'yinchiga ishonch hosil qilganda.

Shuningdek, Peres shoshilmaslikni xohlaydi va katta transferni faqat kelasi yozda ko'rib chiqishga tayyor, ammo Mourinyo yangi o'yinchi qishki transferda kerakligini ta'kidlamoqda.

Hozirda «Real» yetti o'yindan so'ng La Liga turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bo'lib, 15 ochko to'plagan.