«Barselona»ning qanot himoyachisi Alejandro Balde qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Diario SPORT xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, agar Baldening o'yin vaqti o'zgarmasa, yanvar oyida futbolchi jamoani tark etishi mumkin. «Barselona» himoyachini ijaraga berishga tayyor, shunda u shaklini tiklash va o'yin ritmini oshirish imkoniyatiga ega bo'ladi, kelasi yozda esa yakuniy qaror qabul qilinadi.

Hozirgi mavsumda 22 yoshli Balde faqat bitta Ispaniya chempionati o'yinida maydonga tushdi va gol urish yoki assist berish bilan ajralib turmadi.

Yosh ispaniyalikning «ko'k-qizil»lar bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.