«Barselona»ning himoyachisi Jerar Martin Kataloniya klubidagi yubiley o'yini haqida fikr bildirdi.

«Albatta, «Barselona» uchun 100 ta o'yin o'ynashga yetishish meni hayratda qoldiradi. Men debyut qilganimda, 100 ta o'yin o'ynashim haqida o'ylamagan edim. Bu juda uzoqda tuyulardi. Shuningdek, chap himoyachidan markaziy himoyachiga aylanishim ham meni hayratga soladi. O'sha paytda buni amalga oshiraman deb o'ylamagan bo'lardim», — deydi Martin Barca Universal nashriga.