«Barselona»ning sport direktori Deku klubning Gabriel Jezusni sotib olish qarorini nima sababdan qabul qilgani haqida ma'lumot berdi.
Braziliyalik futbolchi yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin Londondagi Arsenaldan «ko'k-qizil»larga qo'shildi.
«Yozda biz eng yaxshi hujumchilarimizdan birini – Robert Levandovskini yo'qotdik. U «Barselona» uchun hamma narsani qildi, bizga kuboklar yutishga yordam berdi, lekin o'zgarish vaqti keldi, u ham muhitni o'zgartirishni xohladi.
Bizning g'oyamiz boshqa turdagi hujumchini sotib olish edi, maydonda faol harakatlanadigan va jamoaviy o'yinlarda ishtirok etadigan futbolchini topish edi. Alvares biz ko'rib chiqqanlardan biri edi, lekin «Atletiko» darhol uni sotmaydiganlarini bildirdi. Jezus dastlab bizning rejamizda yo'q edi – uning holati haqida bilmasdik. Keyin, Xulianni sotib olish imkoniyati yo'qligini anglaganimizda, Gabriel ideal yechim bo'lib qoldi. Bizga shunday xususiyatlarga ega o'yinchi kerak edi», – dedi Deku Barca Universalga bergan intervyusida.
Gabriel Jezus «Barselona» safida to'rt o'yinda ikki gol urdi.
