«Barselona»ning sport direktori Dekku madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresga bo‘lgan qiziqishi haqida fikr bildirdi.
«Sin-granatali» jamoa yozda argentinalik futbolchini qo‘lga kiritishga qiziqish bildirgan, ammo «matraschilar» rahbariyati muzokaralar o‘tkazishni istamagan. O‘zi ham Kataloniya klubiga o‘tishni xohlagan va bu haqda ochiqchasiga ma’lum qilgan, lekin o‘z maqsadiga erisha olmadi.
«Endi bu o‘tgan ish. Biz kelajakni ko‘rishimiz va o‘zimizda mavjud bo‘lgan futbolchilarga e’tibor qaratishimiz kerak. Umid qilamanki, Alvares yaxshi, va u o‘z jamoasiga yordam bera oladi. Bunday holatlar bo‘ladi. Har bir muzokara muvaffaqiyat bilan tugamaydi», – deydi Dekku.
Xulian Alvaresning narxi Transfermarkt portali tomonidan 120 million evroga baholangan.
