«Barselona» vingeri Lamin Yamal o'zini va Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe'ni himoya qildi.
Har ikkala futbolchi muntazam ravishda «Oltin to'p» mavzusida intervyular berishadi va o'zlarini mukofotga asosiy da'vogarlar deb hisoblashlarini yashirmaydilar.
«Agar biz Mbappe bilan hech narsa demasak, odamlar bunaqa holatga hayron qolishardi. Bizdan samimiy bo'lishimizni so'rashadi, lekin samimiy fikrlarimizni aytganda tanqid qilishadi», – deydi 19 yoshli ispaniyalik Madrid Xtra'ga.
«Oltin to'p» taqdimoti 26-oktabr kuni Londonda bo'lib o'tadi. Yamal va Mbappe mukofot uchun eng asosiy favoritlardan hisoblanadi.
