Yaqin orada yarim himoyachi Jude Bellingham «Real Madrid» bilan shartnomasini uzaytiradi. The Touchline ma'lumotlariga ko'ra, Bellingham yangi mehnat shartnomasini Madrid klubi bilan yaqin kelajakda imzolaydi.

«Real Madrid» Bellinghamni o'zining kelajakdagi loyihasining muhim qismi deb hisoblaydi, shuning uchun klub kelishuvga erishish uchun faol ishlamoqda.

Oldinroq matbuotda Bellinghamning yangi shartnomasi 2032 yilning o'rtalarigacha amal qilishi haqida xabar berilgan edi. Hozirgi shartnoma 2028/2029 mavsumi oxirida tugaydi.

Bellingham «Real Madrid» safida 148 ta o'yin o'tkazib, 49 ta gol urdi va 36 ta golga uzatma berdi.