So'nggi haftalarda Real va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe bir qator intervyular berdi va unda «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish istagi haqida gapirdi. Biroq, Mbappenin asosiy orzusi boshqa mukofot – individual emas, balki jamoaviy mukofotdir.

«Mening eng katta orzum – Chempionlar ligasini yutish», - deydi Mbappe, uning so'zlarini The Touchline keltirmoqda.

Kilian Mbappe 2024-yildan «Real»da o'ynaydi. Chempionlar ligasida yulduz hujumchi 99 o'yin o'tkazib, 71 gol urdi va 28 golli uzatmalar berdi.

So'nggi ikki mavsumda «Real» Kilian Mbappe bilan birga Chempionlar ligasidan 1/4 final bosqichida chiqib ketdi.