Hujumchi «Real»dan Kilian Mbappe o'z jamoadoshi Antonio Rudiger haqida fikr bildirdi.

- O'ylaymanki, ko'plab muxlislar u biroz aqldan ozgan deb o'ylashadi. Ammo bu uning o'yin uslubi. Antonio - insonlarni faqat maydondagi xulq-atvori bilan baholash mumkin emasligining eng yaxshi namunasidir. Albatta, maydonda u aqldan ozgan - qanday qilib raqibdan to'pni olib olishi va o'zini tutishi bilan. Ammo kiyinish xonasida u butunlay boshqacha. U yaxshi va e'tiborli inson, - dedi Mbappe Bild nashriga bergan intervyusida.

Germaniyalik himoyachi 2022 yil yozida «Chelsi»dan Madrid klubiga qo'shildi. Mbappe 2024 yil yozida «Real»ga o'tdi.