«Atletiko» Madrid himoyachisi Kristian Romero «Real» ga qarshi derbidagi g‘alabani sharhladi. Ispaniya La Liganing yettinchi turidagi uchrashuv 2:1 hisobida tugadi.

«Madrid qizil-oq! Buni hech kimga unuttirmang! Biz uch ochkoni haqli ravishda qo‘lga kiritdik! Faxr, o‘zini berish va ajoyib jamoaviy ruh — bularning barchasi bizning jamoamizda bor», — deya aytgan Romero so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltirmoqda.

Yetti turdan so‘ng «Atletiko» Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinda bormoqda va 16 ochko to‘plagan. «Barselona»dan besh ochko ortda qolmoqda.

Keyingi turda «matrasniklar» 10 oktyabrda «Alaves» ga qarshi safarda o‘ynaydi.