«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa hujumchisi Julian Alvares o'yini haqida fikr bildirdi.

«Alvares harakat qildi. U uchun qiyin bo'ldi, lekin u kurashdi. Biz unga o'zining eng yaxshi darajasiga qaytishiga yordam beramiz, chunki u «Atletiko» uchun juda muhim o'yinchi. Biz uning bilan ishlashda davom etamiz», — deya Simeonenning so'zlarini keltiradi Atletico Universe.

Ispaniya chempionatining yettinchi turida «Atletiko» o'z maydonida Realni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Alvares maydonda yarim soat o'tkazdi, lekin natijaviy harakatlar bilan ajralib turmadi.

Ushbu mavsumda Alvares barcha turnirlarda to'rt uchrashuvda qatnashdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.