Braziliyalik hujumchi Realning vakili Endrik kelajagini klub rahbariyati bilan muhokama qilish uchun uchrashmoqchi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, forvardning agenti xalqaro tanaffus vaqtida o'yinchining kelajagini klub bilan muhokama qilishni rejalashtirmoqda, chunki braziliyalik deyarli maydonga chiqmayapti.
Shuni ta'kidlash kerakki, Endrikka taklif berishga qiziqayotgan ko'plab Angliya Premer-ligasi klublari mavjud, jumladan Arsenal, Manchester Siti, Liverpul, Aston Villa, Fulxem, Manchester Yunayted va Tottenxem.
Hozirgi mavsumda 20 yoshli Endrik faqat bitta Ispaniya chempionati o'yinida ishtirok etgan bo'lib, unda to'rt daqiqa maydonda bo'lgan.
