«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Rafinyo haqida fikr bildirdi. Bu mavsum braziliyalik futbolchi markaziy hujumchi pozitsiyasida o'ynayapti.
- Qachon Rafinyo «to'qqiz» pozitsiyasida o'ynay olishini tushundingiz va nima uchun?
- So'nggi ikki mavsumda u aynan «to'qqiz» rolida pressingni boshlagan. U himoya ishlariga juda och. U yaxshi gol uradi, lekin bu faqat bitta jihat emas. Agar unga pressingga chiqish kerak bo'lsa, u chiqadi. U birinchi bo'lib boshlaydi, keyin esa boshqa hamma uning ortidan boradi.
Shanba, 19 sentyabr kuni «Barselona» Ispaniya chempionatida «Sevilya»ga qarshi mehmonlik o'yinini o'tkazadi.
