«Atletiko» Madriddan darvozabon Jan Oblak Ispaniya chempionatidagi «Real» bilan bo‘ladigan derbi uchun kutganlarini baham ko‘rdi.
«Derbi har doim derbi bo‘lib qoladi. Bunday o‘yinlarda o‘ynashni hamma xohlaydi. Birinchi derbidan beri har doim maydonga g‘alaba uchun chiqaman. Bunday o‘yinlarda har doim barcha kuchingizni maydonga qo‘yasiz, iloji boricha yaxshi o‘ynashga harakat qilasiz va jamoaga yordam berasiz. Bu safar ham shunday bo‘ladi», — dedi Oblak matbuot anjumanida.
«Atletiko» va «Real» o‘rtasidagi Ispaniya La Liganing yettinchi turidagi uchrashuv 20-sentabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Asosiy hakamning start svistoki Moskva vaqti bilan 17:15 da yangraydi.
