«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal «Zolotoy myach» uchun kurash haqida fikr bildirdi. Oldin intervyudan parchalar e'lon qilingan edi, endi esa to'liq versiyasi chiqdi.

«Oldin hamma bilardi, Messi va Ronalduning dunyodagi eng yaxshi o'yinchilar ekanligini, va mukofot ikki o'yinchi o'rtasida taqsimlanardi. Hozirgi muammo shundaki, odamlar «Zolotoy myach» bilan bog'liq bo'lmagan narsalarni baholashadi. Masalan, odamlar «Zolotoy myach»ni «PSJ» o'yinchisi olishi kerak, deb aytishadi, chunki ular Chempionlar ligasini yutishdi. Lekin Chempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun siz mukofot olasiz, shuningdek, yilning eng yaxshi jamoasiga ham mukofot bor.

Menimcha, «Zolotoy myach»ni dunyodagi eng yaxshi futbolchi olishi kerak – shunchaki shunday. Agar u «PSJ»da o'ynasa, unda ha. Lekin «Zolotoy myach»ni 80 gol urgan futbolchi olmasligi kerak – buning uchun eng yaxshi to'purar uchun mukofot bor. Bu mutlaqo boshqa narsalar, odamlar esa buni tushunishmaydi.

Dunyodagi eng yaxshi futbolchi – bu o'yinini tomosha qilib, zavq oladigan, boshqalardan keskin farq qiladigan kishi. Odamlar aynan shu narsaga e'tibor berishni boshlaganda, «Zolotoy myach»ni dunyodagi eng yaxshi futbolchi oladi, nafaqat eng yaxshi to'purar yoki eng ko'p unvonlarga ega bo'lgan, shunda bu mukofot yana haqiqiy qiymatga ega bo'ladi», - dedi Yamal Movistar Plus dasturida.

O'tgan yili «Zolotoy myach»ni Usmon Dembele yutgan, Lamin Yamal esa ovoz berish natijalarida ikkinchi o'rinni egallagan.