«Barselona» vingeri Lamin Yamal zamonaviy futbol haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Men futbolni tomosha qilgan paytimda, biz o'yinlarni to'liq, birinchi daqiqadan 90-daqiqagacha tomosha qilardik. Men ilovaga kirib, kimda qancha gol va assist borligini ko'rmasdim. O'sha paytlarda hamma futbolni zavq bilan tomosha qilardi. Siz o'yinchidan zavq olishingiz mumkin edi, garchi u 20 ta gol urmasa ham. Ammo u shunday o'ynardi-ki, ko'zni uzish qiyin edi. Masalan, Meso Ozil, u menga juda yoqardi.
O'ylaymanki, hozirgi avlod shunchaki ilovaga kirib, ko'radi va aytadi: «Lamin ikki gol urdi yoki ikki assist berdi – demak, u yaxshi o'yin o'tkazdi», - dedi Yamal Movistar Plus uchun bergan intervyusida.
Meso Ozil, o'yinidan zavq olgan Lamin Yamal, asosan «Real» (2010-2013) va «Arsenal» (2013-2021)dagi faoliyati bilan tanilgan.
