«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Madrid klubida faoliyat yuritgan murabbiylar haqida fikr bildirdi.
- Siz Anchelotti, Alonzo, Arbeloa bilan o'ynadingiz, endi esa Mourinyoga.
- Ular to'rtalasi futbol olamida muhim shaxslar. Bu to'rtta murabbiyning yo'lida bo'lish men uchun bir imkoniyat. Men ulardan har biridan o'rgandim, chunki ularning futbolga qarashi mutlaqo boshqacha. Ular g'oliblar, har doim muvaffaqiyatga erishganlar va ulardan biror narsani o'rganish mumkin.
Mourinyoga kelsak, bu haqiqatan ham boshqacha. U men uchratgan eng aqlli insonlardan biri. U lider. Men uning kelishidan oldin buni bilardim, lekin har kuni uni ko'rganingizda, bu alohida inson va afsonaviy murabbiy ekanligini tushunasiz, u o'z davridan oldinda va biz bilan birga davom etadi. Men bunga ishonaman, - dedi Mbappe ASga.
