«Real» hujumchisi Kilian Mbappe «Barselona» haqida fikr bildirdi. Kataloniyalik jamoa La Liga mavsumida o‘tgan oltita o‘yindan hammasini yutdi.

- «Barselona» bu mavsumda «Real»ning asosiy raqibi hisoblanadimi? Ular chempionatni juda kuchli boshlashdi.

- Bu ularga yaxshi. Meni boshqa jamoalar haqida gapirish yoqmidi, chunki men u yerda emasman va ular nima qilayotganini bilmayman. Ular bir qator o‘yinlarni yutishdi, lekin bu faqat mavsumning boshidir, - dedi Mbappe AS’ga bergan intervyusida.

«Real» oltita turda beshta g‘alaba va bitta mag‘lubiyatga erishdi. Jozef Mourinyo jamoasi «Barselona»dan uch ochko ortda qolmoqda.

«Real»ning keyingi La Liga o‘yini 20 sentyabrda «Atletiko»ga qarshi bo‘ladi.