Madridning «Real» jamoasining hujumchisi Kilian Mbappe qaysi futbolchilarni jamoaga taklif qilmoqchi ekanligi haqida savolga javob berdi.

- Qaysi o'yinchini «Real»ga taklif qilardingiz?

- Krishtianu Ronaldo, Zidan, Ronaldo, agar ular qaytishi mumkin bo'lsa. Krishtianu qaytishi mumkin. Zizu ba'zida o'ynaydi. Ronaldo esa... sifat hech qachon yo'qolmaydi. Bu «Real» afsonalari. Ular klubga ko'p narsalar berdi va madridliklar orasida katta qiziqish uyg'otishda davom etmoqda, - dedi Mbappe AS uchun bergan intervyusida.

Umuman olganda, Real»da Kilian Mbappe 110 ta rasmiy o'yin o'tkazdi. U bu o'yinlarda 94 gol urdi va 14 ta golli uzatmalar berdi.