Forvard Kilian Mbappe 2024 yil yozida «PSJ»dan «Real»ga o'tganidan keyin duch kelgan muammolar haqida gapirdi.

- Ispaniyada baxtsiz bo'lganimni his qilganim yo'q. Faqat dastlab, uyim yo'q edi. Bu g'alati edi, chunki doimo uyga qaytishni, yaqinlarim bilan vaqt o'tkazishni xohlayman. Uyim paydo bo'lgach, Madridda va Ispaniyada doimo baxtli bo'ldim.

- Siz sayr qilishga jur'at etasizmi?

- Ha, lekin tez-tez emas. Biroz qila olaman. Bu [e'tibor] normal, bu mening ishlarim va hayotimning bir qismi, - dedi Mbappe AS gazetasiga bergan intervyusida.

2026/2027 yilgi mavsumda Kilian Mbappe yetti o'yinda sakkiz gol urdi va ikki gol pas berdi.