Napadchi «Real» Kilian Mbappe Madrid klubining prezidenti Florentino Peres bilan munosabatlari haqida so'zlab berdi.
- U meni shu yerga olib keldi. Biz o'zaro aloqamizni o'n yil davomida davom ettirdik, men klubga o'tganimgacha. U har doim menga iliqlik va tushunish bilan yondashdi, men qaysi qarorni qabul qilsam ham - bu «Real» uchun foydali bo'ladimi yoki yo'q, - deydi Mbappe AS nashriga.
Fransiya milliy terma jamoasi futbolchisi 2024 yil yozida «PSJ» bilan shartnomasi tugagach, «Real»ga o'tdi. Hozirda napadchi Madrid klubida uchinchi mavsumini o'tkazmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
