Amerika Qo'shma Shtatlari terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino, «Bavariya» hujumchisi Garry Keynning «Oltin to'p» ovoz berishida g'alaba qozonishga loyiq ekanligini ta'kidladi.

«O'ylaymanki, u futbol uchun qilgan barcha ishlari uchun bu mukofotni olishi kerak. U Jahon chempionatida yoki Chempionlar ligasida yarim finalga chiqgani uchun jazolanadimi, bilmayman», - deydi mutaxassis London Now nashriga bergan intervyusida.

«Ehtimol, bu unga ta'sir qilishi mumkin, bilmayman. Lekin men uchun hozirgi paytda Keyn vaqti. Bugun dunyoda kim birinchi o'rinda ekanligi va kim g'alaba qozonishi kerakligi aniq emas. Avval bu ko'proq aniq edi, lekin agar biror birini tanlashim kerak bo'lsa, men Keynni tanlayman».

O'tgan mavsumda Keyn 51 o'yinda 61 gol urdi va 7 golli uzatma berdi.