Germaniya chempionatining boshlanishida Myunxenning «Bavariya» jamoasi «Shtutgart» bilan to'qnash keldi. Vensan Kompani boshqaruvidagi jamoa 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

40 yoshli darvozabon Manuel Noyer ushbu uchrashuvda ishtirok etdi. Bu o'yin uning Myunxenning ulkan jamoasidagi 600-uchrashuvi bo'ldi. «Bavariya» uchun o'yinlar soni bo'yicha u beshinchi o'rinda turadi. Manueldan yuqorida esa Gerdd Myuller, Olivier Kan, Zepp Mayer va Tomas Myuller joylashgan.

Noyer «Bavariya»da 2011-yildan beri o'ynaydi. Uning amaldagi mehnat shartnomasi 2027-yilning iyun oyida tugaydi. Darvozabonning transfer narxi to'rt million evro.