Leverkuzendagi Bayer yarimhimoyachisi Robert Andrich nemis Bundesligasidagi boshqa klubda faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Florian Pletternberg xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, tajribali yarimhimoyachini RB Leipzig sotib olishga qiziqmoqda. «Farmatsevtlar» esa o‘yinchi bilan xayrlashishga tayyor. Biroq, Andrich o‘z ixtiyori bilan jamoada qolishi mumkin.

Yarimhimoyachining Bayer bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yozida tugaydi. Transfermarkt portalining ekspertlari uning bozor qiymatini olti million evro deb baholamoqda.