«Benfika» «Bavariya»ga Joau Palin'ya uchun 15 million evro taklif qildi. Bu haqida A Bola xabar bermoqda.
Lissabon klubi 31 yoshli himoyachi o‘yinchisi transferini tez orada yakunlashni rejalashtirmoqda. Yana 5 million evro «Bavariya»ga bonus sifatida to‘lanadi.
O‘yinchi bilan «Benfika» o‘rtasida 2030 yilgacha shartnoma tuzish bo‘yicha dastlabki kelishuv mavjud. Palin'yaning yillik maoshi soliqlardan keyin taxminan 3 million evro bo‘ladi.
Transferni «Nyukasl» murakkablashtirishi mumkin. Biroq, «Benfika» Palin'yaning Portugaliyaga qaytish, oilasiga yaqin bo‘lish va bosh murabbiy Marko Silva bilan yaxshi munosabatlari ingliz klubining moliyaviy taklifidan ustun kelishiga umid qilmoqda.
2025-26 yilgi mavsumda portugalik o‘yinchi «Tottenhem»da ijarada o‘ynab, 45 o‘yinda 7 gol urdi va 2 assist berdi.
