Madriddagi «Real» hujumchisi Kiliyan Mbappe Maykl Olishning Ispaniyaga ko'chishi haqida gapirgan mish-mishlar haqida fikr bildirdi.
O'tgan yozda turli manbalar fransuz qanot hujumchisi «Bavariya»ni tark etib «qirolicha» klubga o'tishni xohlayotgani haqida xabar berishgan. Potensial transferni Florentino Peres uchun «orzu transferi» deb atashgan.
«Men bu mish-mishlar haqida eshitdim. Mening ham shunday holatim bo'lgan: «PSJ»da o'ynaganimda, matbuotda cheksiz mish-mishlar paydo bo'lar edi. Olishga «Bavariya»dan ketishni maslahat berishim, men uchun nohurmat va noto'g'ri bo'lar edi. Ayniqsa, «Bavariya» buyuk klub, Maykl u yerda ko'p narsalarga erishishi mumkin. Albatta, barchamiz uni o'z jamoamizda ko'rishni xohlaymiz. U ajoyib futbolchi», - deya keltiradi Bayern & Germany Mbappening so'zlarini.
Maykl Olishning Myunxenning buyuk klubi bilan shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
