«Bavariya» hujumchisi va Angliya terma jamoasi kapitani Garry Keyn futbol karerasini tugatgach, amerika futbolida o'zini sinab ko'rishni rejalashtirayotganini aytdi.

«Men buni biroz jiddiyroq ko'rishga harakat qilaman. Bularning barchasi kelgusi besh-olti yil ichida mening kareramda nima bo'lishiga, motivatsiyamga va nima xohlayotganimga bog'liq. NFL golfdan ancha realistik», - deya Keynni ESPN iqtibos keltirmoqda.

Hujumchi, penalti zarbalarini bajarish tajribasi unga yordam berishi mumkinligini ta'kidladi.

«Men penalti zarbalarini uraman, u yerda bosim va texnika juda o'xshash. Agar men buni amalga oshirishga qaror qilsam, avval olti oydan bir yilgacha tayyorgarlik ko'rishga vaqt ajrataman», - dedi u.

Shu bilan birga, 33 yoshli ingliz futbolchisi hozircha karerasini tugatish haqida o'ylamayotganini va iloji boricha uzoqroq o'ynashni xohlayotganini ta'kidladi.