Futbolchi «New England Revolution»dan Karles Xil 2026-yilda «Oltin to'p»ni kim olish kerakligi haqida fikr bildirdi.
«Messi har doim maydonga chiqqanida mukofotga nomzod bo'lishi mumkin. U boshqalar qila olmaydigan narsalarni qiladi. Ispaniya jahon chempionatini qo'lga kiritgani yaxshi. Bu nomzodlar sonini oshiradi. Shaxsiy fikrimcha, «Oltin to'p»ni Keyn olish kerak», - deydi ispan futbolchisi ASga.
Ushbu nufuzli individual mukofot taqdimoti 26-oktabrda Londonda (Angliya) bo'lib o'tadi.
Esimizda bo'lsin, o‘tgan yili «Oltin to'p»ni fransuz qanot hujumchisi «PSJ»dan Usmon Dembele qo'lga kiritdi.
