«Volfsburg» rasmiy saytida yarimhimoyachi Kristian Eriksen bilan shartnomani bekor qilgani haqida ma'lumot berdi. Klub va futbolchi 2027 yilning o'rtalarigacha amal qiladigan shartnomani bekor qilishga kelishib oldilar.

Nemis klubidan ma'lum qilinishicha, Eriksen o'z ixtiyori bilan shartnomani bekor qilishni so'ragan.

«Biz uchun Kristianning kelajagi haqida qaror qabul qilish zarurligini tushunish muhim edi. Biz ushbu nozik vaziyatda unga tanlov erkinligini berishni xohladik va endi uning shartnomani bekor qilish so'rovini qondirdik», - dedi «Volfsburg»ning sport direktori Dieter Hekking.

Yozning boshida Kristian Eriksen Daniya va Ukraina terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda yerga yiqildi. Ma'lum bo'lishicha, daniyalik futbolchining yurak stimulyatori ishga tushgan. Bu qurilma Eriksenning 2020 yilgi Yevro musobaqasidagi yurak to'xtab qolishi hodisasidan so'ng implant qilindi.

«Volfsburg»da Eriksen 34 ta o'yin o'tkazdi, ularda uchta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.