Ispaniyaning «Betis» klubining dortmundlik «Borussiya»ning hujumchisi Fabio Silvani sotib olishga qiziqishi bor. Bu haqda Goal portali Bildga tayanib xabar bermoqda.

Ma'lum bo'lishicha, «Betis»ning vakillari Dortmundga 24 yoshli portugalik futbolchini transfer qilish bo'yicha muzokaralar olib borish uchun yetib kelishdi. «Betis» Silvani ijaraga olib, ma'lum shartlar bajarilganda, uni sotib olish huquqiga ega bo'lishni xohlaydi.

«Borussiya» ijaraga berishga tayyor emas va Silvani 22,5 million evro evaziga qo'yishga rozi. Bu summa o‘tgan yozda futbolchi uchun «Vulverhempton» klubiga to'langan summaga teng.

Silvaning Germaniyadagi birinchi mavsumi murakkab o'tdi: jarohat tufayli u mavsumning bir qismini o'tkazib yubordi va keyin á Seru Girasni asosiy tarkibdan chiqarib yubora olmadi. Portugalik futbolchi mavsumni 3 gol va 7 golli uzatma bilan yakunladi.

Shuningdek, «Betis»dan tashqari, Silvaga «Real Sosiadad» ham qiziqish bildirmoqda.