«Barselona» markaziy himoyachi Kastello Lyukebaga qiziqish bildirmoqda.

Sport.es ma'lumotlariga ko'ra, «ko'k-qizil» vakillari nemis klubi bilan 23 yoshli futbolchining mavjudligi va transfer narxini aniqlash uchun bog'langan. Futbolchining nomzodini «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik qo'llab-quvvatlamoqda, u uning Bundersligadagi o'yinlari bilan yaxshi tanish.

Lyukeba 2023 yil yozidan beri «RB Leypsig»da o'ynayapti. U nemis jamoasi safida 101 ta o'yin o'tkazgan va uchta golli pas berishga erishgan. Futbolchining «RB Leypsig» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha davom etadi va uning bozor qiymati 50 million evroga baholanmoqda.