Germaniya Federal Antimonopoliya Boshqarmasi Germaniyada futbol sohasida «50+1» qoidasi mavjud qonunlarga mos kelishini tan oldi. Boshqarma bir qator istisnolarni bartaraf etish va belgilangan qoidalarni bir xil qo‘llash zarurligini ta'kidladi, deya xabar bermoqda Kicker.
«50+1» qoidasi futbol klubining professional jamoasi ustidan nazoratni saqlab qolishini ta'minlaydi (qaror qabul qilish uchun 50% + 1 ovoz) va shunday qilib, tashqi investorlar klub ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘lishlari mumkin emas.
Qoidani tekshirish 2018 yildan beri davom etmoqda. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Germaniya Federal Antimonopoliya Boshqarmasi bu qoidani antimonopoliya qonunchiligi nuqtai nazaridan asosli deb topdi, chunki bu klub a'zolarining boshqaruvda ishtirokini ta'minlaydi va ularning professional futbol ustidagi ta'sirini saqlaydi.
Boshqarma amaldagi tizimni o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalarni ham yo‘lladi. Xususan, Bundeisliga va Ikkinchi Bundeisliga barcha klub muxlislarining a'zolikka ochiq kirishini ta'minlash zarur.
Alohida e'tibor «Bayer» va «Volfsvurg» kabi klublarga qaratilgan bo‘lib, ular «50+1» qoidasi bo‘yicha istisnolarga ega, shuningdek, «RB Leypsig» klubiga, unda asosiy klubga a'zolik amalda faqat Red Bull konserniga bog‘liq bo‘lgan bir necha shaxslar bilan cheklangan.
