«Xoffenhaym» hujumchisi Fisnik Aslani «RB Leypsig»ga o‘tmaydi. Bu haqda NTV Sport xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, tomonlar kelishuv shartlarini to‘liq muhokama qilgan. 23 yoshli futbolchi 2031 yilgacha shartnoma imzolashi kerak edi, «RB Leypsig» esa futbolchining 25 million yevro miqdoridagi sotib olish bandini faollashtirishni rejalashtirgan. Ammo transferning oxirgi bosqichida Leypsig klubi tomonidan yuzaga kelgan tibbiy xavotirlar sababli jarayon bekor qilindi.

O‘tgan mavsumda Aslani klub darajasida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.