Italiyaning «Djenoa» klubidan Roberto Skalyone nemis chempionatiga o'tdi va u Dortmundning «Borussiya» jamoasida o'ynaydi. Nemislar uning uchun taxminan bir million evro to'lashdi va uni haqiqiy ustaga aylantirish niyatida.

15 yoshida Skalyone «Djenoa» tarixida eng yosh futbolchi bo'lib, Seriya Ada klub uchun o'yin o'tkazgan. Ushbu transferni taniqli italiyalik jurnalist Janluka di Marcio ham tasdiqladi. Shuningdek, futbolchining xizmatlariga «Bavariya» va «PSJ» kabi klublar ham qiziqish bildirgan, italiyalik yirik klublar haqida esa aytmasa ham bo'ladi.

Nemis Bundesligasining yangi mavsumi 28-avgustda boshlanadi.