Vinger Yan Diomande «RB Leypsig» muxlislariga klubdan ketishi haqida murojaat qildi.
- «Real»ga o‘tish bolaligimdagi orzuni amalga oshirishdir. Meni bu transferni amalga oshirishga yordam bergan «RB Leypsig» rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman, shuningdek, faoliyatim davomida birinchi kundan boshlab ko‘rsatgan ajoyib qo‘llab-quvvatlashingiz uchun muxlislarga rahmat. Bugun mening kareramda yangi bob boshlanmoqda. Ketish har doim qiyin, lekin Leypsigda o‘tkazgan vaqtimni doimo yuragimda saqlayman. Kim biladi, balki bir kun «Chempionlar ligasi»da yana uchrashamiz, - dedi Diomande.
Eslatib o‘tamiz, 6-avgustda «Real» ivoriyalik vingerning transferi haqida rasmiy e'lon qildi. «RB Leypsig» safida bir mavsumda Diomande 36 o‘yinda maydonga tushib, 13 gol urdi va 10 assist berdi.
